locale OZ

Milliy futbol markazida FIFA VAR seminari boshlandi

Mazkur o‘quv seminari 24-fevralga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milliy futbol markazida FIFA VAR seminari boshlandi
Фото: UzFHM

Bugun Milliy futbol markazida FIFA instruktori Farhod Abdullayev boshchiligida VAR o‘quv seminar start oldi.

Mazkur seminarda o‘zbekistonlik hakamlar bilan bir qatorda Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan bir guruh hakamlar ham ishtirok etib, o‘z malakasini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida instruktorlar tomonidan turli o‘yin vaziyatlari chuqur tahlil qilinib, video misollar orqali tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, hakamlar nazariy topshiriqlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda jismoniy sinovlarda ishtirok etdi. VAR markazida esa VAR bilan bog‘liq holatlar amaliy tarzda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilish jarayonlari simulyatsion vaziyatlar orqali mashq qilindi.

Seminar o‘quv jarayoni nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda amaliy tahlillar va real o‘yin epizodlariga yaqinlashtirilgan simulyatsiyalarni ham qamrab olayotgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Mazkur o‘quv seminari 24-fevralga qadar davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting