locale OZ

Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun mo‘ljallangan CAFA hakamlar seminari o‘z ishini boshladi

Mashg‘ulotlar zamonaviy VAR texnologiyalari bilan uyg‘un holda olib borilib, hakamlarning jismoniy va amaliy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun mo‘ljallangan CAFA hakamlar seminari o‘z ishini boshladi
photo: UzFHM

Bugun Milliy futbol markazida ayol hakamlar uchun mo‘ljallangan CAFA hakamlar seminari o‘z ishini boshladi.

Kunning dastlabki qismida bosh hakamlar va yordamchi hakamlar maydondagi amaliy mashg‘ulotlar hamda jismoniy sinovlarda ishtirok etishdi.

Mashg‘ulotlar zamonaviy VAR texnologiyalari bilan uyg‘un holda olib borilib, hakamlarning jismoniy va amaliy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.

Seminarning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar nazariy mashg‘ulotlarga jalb etildi.

Unda o‘yin jarayonidagi murakkab vaziyatlar, qoidalarni to‘g‘ri talqin qilish, VAR orqali qaror qabul qilish hamda hakamlikdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur seminar ayol hakamlarning professional mahoratini oshirish, xalqaro standartlar asosida tayyorlash va tajriba almashish uchun muhim jarayon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting