locale OZ

Milliy futbol markazida AFC Pro diplomini yangilash bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi

Mazkur dasturda 34 nafar taniqli mutaxassis ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Milliy futbol markazida AFC Pro diplomini yangilash bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi
Фото: ЎФА

Mazkur dasturda 34 nafar taniqli mutaxassis ishtirok etib, amaliy va nazariy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, murabbiylik jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodikalarni o‘zlashtirish hamda xalqaro standartlarga mos yondashuvlarni takomillashtirish ustida ishlaydi.

Kurs jarayonida O‘zbekiston futboli uchun katta hissa qo‘shib kelayotgan bir qator tajribali mutaxassislar — Timur Kapadze, Vadim Abramov, Ulug‘bek Baqoyev, Server Jeparov kabi murabbiylar ishtirokchilarga koʻp yillik tajribalarini ulashib, bahs-munozara va amaliy mashg‘ulotlar orqali bilim almashish jarayonini yanada boyitadi.

Shuningdek, ushbu o‘quv dasturida o‘monlik mutaxassis Eelco Johannes Christiaan ham qatnashib, tinglovchilarga xalqaro tajribaga asoslangan uslubiy yondashuvlarini taqdim etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting