locale OZ

Milliy antidoping agentligi sportchilar bilan profilaktik uchrashuvlar oʻtkazmoqda

Doping qoidalarini buzishning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirish bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milliy antidoping agentligi sportchilar bilan profilaktik uchrashuvlar oʻtkazmoqda
Фото: Olympic.uz

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining mas’ul xodimlari yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ushbu tadbirlarda ko‘zlangan asosiy maqsad atletlar o‘rtasida dopingga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘lib, mutaxassislar sportchilarga doping qoidalarini buzishning salbiy oqibatlari, halol va shaffof sport haqida batafsil tushuntirish bermoqda.

Shuningdek, suhbatlar davomida Butunjahon antidoping agentligi tomonidan 2026-yil uchun yangilangan taqiqlangan tibbiyot vositalari ro‘yxati hamda ularning tarkibi yuzasidan atletlarga atroflicha ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting