locale OZ

Millionlab muxlislar kutgan mundial fojia bilan boshlandi

Turnirning ochilish oʻyini arafasida bir muxlis vafot etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millionlab muxlislar kutgan mundial fojia bilan boshlandi
FOTO: Getty Images

Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin «Asteka» stadioni yaqinida bir muxlis vafot etdi.

Chamasi 80 yoshlar atrofidagi erkak stadionga kirganidan so‘ng yurak xurujiga uchragan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda shifokorlar unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi ko‘rsatayotgani aks etgan.

Afsuski, ko‘rsatilgan barcha tibbiy yordamga qaramay, muxlisning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Shu tariqa, millionlab muxlislar kutgan Jahon chempionatining ilk kuni futbol bayrami bilan bir qatorda qayg‘uli voqea bilan ham yodda qoladigan bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting