locale OZ

Millatlar ligasi. Shveytsariya Sloveniya ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Shveytsariya 9 ochko bilan 1-guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar ligasi. Shveytsariya Sloveniya ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Фото: Getty Images
UEFA Millatlar ligasi. B ligasi
03.10.2026, Yak.
Shveytsariya
2
Sloveniya
1

Yevropa Millatlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan Shveytsariya va Sloveniya bahsida mezbonlar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Sloveniya hujumchisi Jan Vipotnik raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

10-daqiqada Shveytsariya hisobni tenglashtirdi. Sloveniya himoyachisi Erik Janja o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

38-daqiqada esa Dan Ndoy Shveytsariya terma jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1. Qolgan vaqtda boshqa gol urilmadi va mezbonlar uch ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

Shu tariqa Shveytsariya 9 ochko bilan 1-guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Sloveniya esa 4 ochko bilan ikkinchi pog‘onada. Guruhdagi qolgan ikki jamoa — Shotlandiya va Shimoliy Makedoniya.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting