locale OZ

Millatlar ligasi. Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz Daniyani mag‘lub etdi

Uchrashuvda jami 6 ta gol urildi.
Millatlar ligasi. Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz Daniyani mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Millatlar ligasi musobaqasi "A" ligasi 4-guruhida 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Daniya va Portugaliya terma jamoalari bellashdi. Yakunda portugaliyaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 13-daqiqada ochildi. Portugaliya himoyachisi Joau Kanselu jamoasini oldinga olib chiqdi — 1:0. 23-daqiqada Mikkel Damsgor hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Gonsalu Ramos portugaliyaliklarni yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 53-daqiqada Daniya hujumchisi Rasmus Xoylund yana hisobni tenglashtirdi — 2:2. 67-daqiqada Vitinya Portugaliyaga uchinchi golni olib keldi. 87-daqiqada Joau Feliks yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Shu tariqa Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. 3 ta turdan keyin Portugaliya 9 ochko bilan 4-guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Daniya esa 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Millatlar ligasi — A ligasi, 4-guruh, 3-tur
Daniya — Portugaliya — 2:4
Gollar: 0:1 — Kanselu, 13, 1:1 — Damsgor, 23, 1:2 — Ramos, 25, 2:2 — Xoylund, 53, 2:3 — Vitinya, 67, 2:4 — Feliks, 87

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting