locale OZ

Millatlar ligasi. Italiya Bolonyada Turkiya ustidan ishonchli g‘alaba qozondi

Italiya terma jamoasi 7 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar ligasi. Italiya Bolonyada Turkiya ustidan ishonchli g‘alaba qozondi
Фото: Getty Images

Millatlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan Italiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

26-daqiqada Janluka Skamakkа hisobni ochib, Italiyani oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada Aral Shimshir javob golini urib, hisobni tenglashtirdi.

64-daqiqada Rikkardo Kalafyori Italiyaning ikkinchi golini kiritdi. 87-daqiqada esa Franchesko Esposito yana bir bor Turkiya darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng Italiya terma jamoasi 7 ochko bilan «A» ligasi 1-guruh turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Turkiya esa hali ochko jamg‘ara olmagan va so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting