Millatlar ligasi. Ispaniya terma jamoasi Chexiyani mag‘lub etdi
Ispaniya 3 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, 3-guruh peshqadami bo‘lib turibdi.
Фото: Getty Images
Yevropa millatlar ligasi «A» divizioni 3-guruhida 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya terma jamoasi Chexiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hisobni ochdi. 35-daqiqada yarim himoyachi Rodri ispanlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.
Chexiya 69-daqiqada Irji Slamaning goli evaziga farqni qisqartirdi. 89-daqiqada Mikel Merinoning goli bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.
Shu tariqa, Ispaniya 3 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, 3-guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Chexiya esa ochko jamg‘ara olmagan holda 4-o‘rinda bormoqda.
Millatlar ligasi, 3-tur
Ispaniya — Chexiya 3:1
Gollar: Yamal, 6; Rodri, 35; Merino, 89 — Slama, 69.