locale OZ

Millatlar ligasi. Fransiya Belgiyani minimal hisobda mag‘lub etdi

Olise yagona gol muallifi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Millatlar ligasi. Fransiya Belgiyani minimal hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images

Fransiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi «A» ligasi A1 guruhi 2-turida Belgiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 28-sentabr kuni Belgiyaning Bryussel shahridagi Qirol Boduen nomidagi stadionda bo‘lib o‘tdi.

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ushbu bahsda ishtirok eta olmadi. U Turkiyaga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan va shundan so‘ng milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Uchrashuvdagi yagona gol 88-daqiqada Maykl Olise tomonidan urildi. Golli uzatmani Rayan Sherki amalga oshirdi. Har ikki futbolchi ham 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan edi.

Fransiya 6 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turibdi. 3 ochkoga ega Belgiya esa ikkinchi pog‘onada joylashgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting