Millatlar ligasi finalida tribunadan yiqilgan muxlis halok bo‘ldi
Millatlar ligasi final uchrashuvi paytida achinarli voqea yuz berdi — muxlis tribunani ikkinchi qavatidan yiqilib, halok bo‘ldi. Fojiа o‘yin so‘nggi daqiqalarida sodir bo‘lgan. Muxlisga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Voqea vaqtida stadiondagi tibbiyot xodimlari va styuardlar tezda yordam ko‘rsatishga harakat qilishdi.
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va qo‘shimcha qildi:
«Bunday vaziyatlar hayotda nimalar haqiqiy ahamiyatga ega ekanini eslatadi».
Finalning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Nunu Mendesh ham o‘z taassurotlarini bildirar ekan, shunday dedi:
«Halok bo‘lgan muxlisning oilasiga chuqur ta’ziya bildiraman. Bu fojia g‘alabamizga soya soldi».