locale OZ

Milinkovich-Savich uchun qaysi jamoalar kurashmoqda ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milinkovich-Savich uchun qaysi jamoalar kurashmoqda ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

“Torino” darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich jamoani tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli serbiyalik posbonga “Napoli” va “Lids” klublari qiziqish bildirmoqda.

“Napoli” Milinkovich-Savich uchun kurashda oldinda va tomonlar muzokaralarni faol olib bormoqda.

Serbiyalik futbolchining transfer qiymati 16 million yevroga baholanmoqda. Uning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Yakunlangan mavsumda Vanya “Torino” safida 39 ta o‘yinda qatnashib, o‘z darvozasidan 44 ta gol o‘tkazib yuborgan. 11 ta uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting