locale OZ

Milanning ikki grandi Kristof Baumgartner uchun kurashga qoʻshildi

26 yoshli xavbekning «Leypsig» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milanning ikki grandi Kristof Baumgartner uchun kurashga qoʻshildi
FOTO: Getty Images

Germaniyaning «RB Leypsig» klubi va Avstriya terma jamoasi yarimhimoyachisi Kristof Baumgartner faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Taniqli insayder Ekrem Konurning X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qilishicha, 26 yoshli hujumkor xavbekka Milanning ikki grandi — «Inter» va «Milan» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Xabarda taʼkidlanishicha, har ikki Italiya klubi Baumgartnerga hozirda «Leypsig»da olayotganidan koʻra ancha manfaatliroq shartnoma shartlarini taklif qilishga tayyor.

Futbolchining Germaniya klubi bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar moʻljallangan boʻlsa-da, Italiya klublarining jiddiy qiziqishi transfer ehtimolini oshirmoqda.

Kristof Baumgartner «buqalar» safiga 2023 yilda «Hoffenxaym» klubidan 23,5 million yevro evaziga kelib qoʻshilgan edi. Joriy mavsum avstriyalik futbolchi uchun nihoyatda samarali kechmoqda: u «RB Leypsig» libosida jami 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 12 ta gol va 7 ta samarali uzatma yozdirib qoʻyishga ulgurdi.

Maʼlumot uchun, nufuzli Transfermarkt portali ayni damda futbolchining bozor qiymatini 20 million yevro etib baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting