«Milan»ga Mount taklif qilindi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Mason Mount “Milan”ning ehtimoliy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda MilanPress xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz futbolchisining nomzodi Italiya klubiga taklif qilingan va “rossonerilar” bosh murabbiyi Ruben Amorim ushbu transfer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish g‘oyasini ma’qullagan.
Amorim Mount bilan 2024–2026 yillar davomida “Manchester Yunayted”da birga ishlagan va futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.
2025/26 yilgi mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Masonning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.