«Milan»ga «Arsenal» futbolchisi kerak
Photo: Getty Images
"Arsenal" himoyachisi Yakub Kiver faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebastyen Vidal xabar berdi.
Manbaga ko'ra, polyak 25 yoshli futbolchiga "Milan" jiddiy qiziqmoqda. "Rossonerilar" Malik Tiav bilan xayrlashgach, Kiver bilan himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bitim qiymati 25-30 million yevroni tashkil etishi mumkin.
O'tgan mavsumda Kiver barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 2ta gollik uzatmaga mualliflik qilgan.
Himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist