\"Milan\" yosh himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Italiya grandi "Milan" Fransiyaning "Trua" klubida to‘p surgan 20 yoshli markaziy himoyachi Sankun Diavarani o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 2–3 million yevroni tashkil etgan. Futbolchi "Milan" bilan shaxsiy shartnoma borasida ham kelishuvga erishgan va tez orada jamoaga rasman qo‘shiladi.
Diavara o‘tgan mavsum "Trua" safida o‘zini ijobiy tomondan namoyon qilib, Yevropaning bir nechta klublari e’tiborini tortgandi. Uning transferiga "Reynjers" ham jiddiy qiziqish bildirgan, biroq yakunda futbolchi faoliyatini "Milan"da davom ettirishni tanladi.
Rossonerilar yosh himoyachini kelajak uchun muhim loyiha sifatida ko‘rmoqda va u asosiy jamoa hamda rivojlantirish tizimi o‘rtasida bosqichma-bosqich tayyorlanishi kutilmoqda.