“Milan” YeChLga chiqa olmagani sabab 55 mln yevro yo‘qotdi
Photo: Getty Images
“Milan” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani uchun 55 mln yevrodan ayrildi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
Qayd etilishicha, Italiya klubi A Seriyada joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, evrokuboklarning birontasiga ham yo‘llanma ololmagan. Mavsum yakunlanishiga bir tur qolganida “rossoneri” turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Ta’kidlanishicha, "Milan" turnirga chiqa olmagani sabab 40 million yevrodan ayrilgan, shuningdek, guruh bosqichida uy uchrashuvlarini o‘tkazishdan ham 15 million yevro ishlab ololmaydi.
Milanliklar Chempionlar ligasida o‘ynagan bu mavsumdagi daromadni hisoblasak, klub jami 80 million yevro yo‘qotgan bo‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist