locale OZ

«Milan» yaqin soat ichida Ruben Amorim bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaga chiqadi

Portugaliyalik mutaxassis faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» yaqin soat ichida Ruben Amorim bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaga chiqadi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim yaqin soatlar ichida «Milan» klubi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatadi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manbaning maʼlum qilishicha, Italiya klubi «Kristal Pelas» ustozi Oliver Glasner hamda «Al-Ahli»ni boshqarayotgan Mattias Yayssle bilan ham bogʻlanishni maqsad qilgan. Qayd etilishicha, yangi murabbiy nomzodi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirmoqchi boʻlgan «Milan» uchun Glasner varianti hozirda ikkinchi darajali rejaga aylangan.

Amorimning oxirgi ish joyi «Manchester Yunayted» boʻlib, u ingliz klubini 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvariga qadar boshqargan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting