locale OZ

\"Milan\" Vlahovichni sotib oladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" Vlahovichni sotib oladi
Photo: Getty Images

“Milan” o‘z safiga “Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichni qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, "keksalar" futbolchini yozda sotishga umid qilmoqda. Milanliklar yaqinda 25 yoshli forvardning atrofidagilar bilan yana bog‘lanib, kelishuv shartlarini muhokama qilishgan. Asosiy muammo futbolchining maoshi bo‘lib qolmoqda.

"Milan" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Dushan Vlahovichni juda yaxshi biladi. Ikkisi Turinda birga ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Vlahovichning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting