locale OZ

«Milan» Vinterning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Vinterning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

Koni de Vinter “Milan”ga o'tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

“Rossonerilar” Belgiya terma jamoasining 23 yoshli himoyachisini “Jenoa”dan sotib oldi. Shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Futbolchi yangi jamoasida 5-raqam ostida to'p suradi.

Uning transferi “Milan”ga bonuslar bilan birga 23 million yevroga tushgan.

“Yuventus” tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsumda A Seriyada 25 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. De Vinter markaziy himoyada ham, qanot himoyasida ham o'ynay oladi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting