locale OZ

«Milan» va «Komo» uchrashuvidan so‘ng Allegri va Fabregas o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» va «Komo» uchrashuvidan so‘ng Allegri va Fabregas o‘rtasida janjal kelib chiqdi
FOTO: Getty Images

Italiya A Seriyasining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Milan» va «Komo» uchrashuvidan so‘ng, har ikki jamoa bosh murabbiylari — Massimiliano Allegri hamda Sesk Fabregas o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, mojaroga o‘yin davomida Fabregasning yon chiziq yaqinida «Milan» hujumchisi Aleksis Salemakersni turtib yuborgani sabab bo‘lgan. Bu holat Allegrining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Murabbiy texnik zonadan tashqariga chiqib ketgani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Murabbiylar o‘rtasidagi bahs o‘yin yakunlanganidan so‘ng, matbuot anjumani sari yo‘l olishayotganda ham davom etgan va ular o‘zaro dahanaki janjalga borishgan.

Hozirda «Milan» 25 o‘yindan so‘ng 54 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Inter»dan 7 ochko ortda qolmoqda. «Komo» esa 42 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting