“Milan” va “Inter” o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynadi
Shu tariqa, Milan derbisining navbatdagi o‘rtoqlik bahsida g‘olib aniqlanmadi.
Foto: Getty Images
Italiyaning “Milan” va “Inter” klublari Avstraliyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Pert shahridagi “Optus” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 53-daqiqada Federiko Dimarko gol urib, “Inter”ni oldinga olib chiqdi.
“Milan” uchrashuv yakuniga yaqin muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 84-daqiqada Kristofer Nkunku penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:1.
Shu tariqa, Milan derbisining navbatdagi o‘rtoqlik bahsida g‘olib aniqlanmadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist