«Milan» va «Inter» Melie uchun da’vogarlik qilmoqda
Melie 2020 yildan buyon "Lids" safida 214 uchrashuvda ishtirok etgan.
ФОТО: Getty images
Angliyaning "Lids" jamoasi darvozaboni Ilan Melie Italiya A Seriyasining ikki top-klubi diqqat markaziga tushdi.
Frantsiyalik posbon joriy mavsumda "tovuslar" uchun maydonga tushmayapti, uning amaldagi shartnomasi esa kelasi yil yozida nihoyasiga yetadi.
Football Insider ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli darvozabonga "Milan" va "Inter" qiziqish bildirmoqda.
Ikkala klub ham futbolchini qishki transfer oynasida arzonroq narxda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt mutaxassislari Ilan Meliening bozor qiymatini 12 million yevro deb baholamoqda.
Melie 2020 yildan buyon "Lids" safida 214 uchrashuvda ishtirok etgan, 283 ta gol o‘tkazib yuborgan va 72 marta darvozasini sofligicha saqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist