locale OZ

\"Milan\" va \"Fiorentina\" Immobile bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" va "Fiorentina" Immobile bilan shartnoma imzolamoqchi
Photo: Getty Images

Italiyalik hujumchi Ciro Immobile faoliyatini yana vatanida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Corriere dello Sport.

Qayd etilishicha, “Milan” va “Fiorentina” 35 yoshli forvardga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Florensiya klubi Moyse Kin ketgan taqdirda Immobile uning o'rnini egallashiga umid qilmoqda.

Immobile uchun kurashda "Milan" "Fiorentina" bilan raqobatlashadi. Futbolchining agenti bir kun avval “rossonerilar” bazasiga tashrif buyurgan.

Qayd etilishicha, milanliklardan oldinga o'tishga urinayotgan “binafsharanglar” 35 yoshli hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishgan.

O'tgan mavsum Ciro “Beshiktosh” safida Turkiya Superligasida 15ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting