«Milan» va «Chelsi» Indoneziyada o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Italiyaning «Milan» va Angliyaning «Chelsi» klublari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Mazkur bahs 8 avgust, shanba kuni «Gelora Bung Karno» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlanadi.
«Milan» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu Yevropaning ikki yetakchi klubi ishtirokidagi Indoneziya tarixidagi ilk uchrashuv bo‘ladi.
«Bu Milandan 11 000 kilometrdan ortiq uzoqlikda joylashgan, biroq ushbu mintaqani «rossoneri»lar uchun haqiqiy uyga aylantirgan «Milan»ga bo‘lgan muhabbatni nishonlash uchun ideal imkoniyatdir.
Nielsen ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziya — 40 million kishi bilan dunyoda «Milan» muxlislari soni bo‘yicha uchinchi, klubning raqamli platformalaridagi obunachilar soni bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turuvchi mamlakatdir», — deyiladi klub rasmiy xabarida.