«Milan» va «Arsenal» «Leypsig» hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
«Arsenal», «Aston Villa», «Milan» va «Napoli» klublari «RB Leypsig» qanot hujumchisi Antonio Nusaga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yozgi transfer oynasi uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, «Nyukasl» va «Tottenhem» ham 20 yoshli futbolchining o‘sishini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Norvegiyalik vingerning shartnomasida uni sotib olish bo‘yicha aniq tovon puli ko‘rsatilmagan, biroq «RB Leypsig» 50-60 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Nusa sotilgan taqdirda, «buqalar» tushgan mablag‘ni yangi yosh iqtidorlarni sotib olishga yo‘naltiradi.
Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 32 million yevroni tashkil qiladi.