locale OZ

«Milan» Tomori bilan kelishuvga erishdi

U "rossonerilar"da qolishga qaror qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Tomori bilan kelishuvga erishdi
ФОТО: Getty images

"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi, deb xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

"Fikayo "Milan" bilan shartnomasini uzaytirishga bir qadam qoldi. Deyarli kelishuvga erishildi. Markaziy himoyachiga Premer-liganing ikki klubi murojaat qilishdi, biroq u "Milan"da qolishni istadi va shartnomani uzoq muddatga uzaytirishga tayyor", - deb yozadi Skira.

Joriy mavsumda 28 yoshli Fikayo Tomori Italiya A seriyasida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Italiya kubogida uchta o‘yin o‘tkazdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting