«Milan» Sarrni sotib olmoqchi
Transfermarkt portali Sarrning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Kristal Pelas" vingeri Ismaila Sarr faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, senegallik futbolchini sotib olishga "Milan" qiziqish bildirmoqda.
Italiya klubi yozgi transfer vaqtida 28 yoshli senegallik o'yinchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, Ismaila Sarr 2024 yilda "Marsel"dan "Kristal Pelas"ga 15 million yevro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Sarr klub safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Sarrning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist