locale OZ

«Milan» «Real»ning 19 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Madridliklar ushbu transferga qarshi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» «Real»ning 19 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Milan» klubi Madridning «Real» jamoasi markaziy himoyachisi Viktor Valdepenyasga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Matteo Morettoga tayanib Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchi o‘z o‘yinini yanada rivojlantirish niyatida. «Qirollik klubi» rahbariyati Valdepenyasning xorijga yo‘l olishi uning tajriba oshirishi uchun foydali bo‘ladi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, yosh himoyachi uchun kurashda Italiya klubiga Angliya Premyer-ligasi jamoalari raqobat tug‘dirishi mumkin.

Joriy mavsumda Valdepenyas barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 3 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting