locale OZ

«Milan» Rafael Leauni 50 million yevroga sotishga tayyor

Portugaliyalik futbolchi faoliyatini APLda davom ettirmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Rafael Leauni 50 million yevroga sotishga tayyor
FOTO: Getty Images

«Milan» klubi portugaliyalik vinger Rafael Leauni taxminan 50 million yevro evaziga sotishga tayyor, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport. Avvalroq futbolchi mavsum yakunlangach, jamoani tark etishini ma’lum qilgan edi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «rossoneri» uchun ushbu transferdagi asosiy masala moliyaviy tomon hisoblanadi, chunki klub foyda ko‘rishni ko‘zlamoqda. «Milan» futbolchini qariyb 50 million yevroga sotishga rozi, klub balansida kapital o‘sishini qayd etish uchun zarur bo‘lgan minimal summa esa taxminan 11 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, Rafaelning o‘zi Premyer-ligada to‘p surishni istamoqda, biroq u Ispaniya va Germaniyadan bo‘ladigan takliflarni ham rad etmaydi. O‘tgan yili unga «Bavariya» va «Barselona» klublari qiziqish bildirgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting