“Milan” Rafael Leau bo‘yicha taklifni rad etdi
Xabarlarga ko‘ra, “Fenerbahche” 27 yoshli portugaliyalik futbolchiga bonuslar bilan birga yiliga qariyb 12 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Foto: Getty Images
“Fenerbahche” Rafael Leauni ijara asosida sotib olish imkoniyati bilan o‘z safiga qo‘shishni taklif qilgan. Biroq “Milan” bu variantga rozi bo‘lmagan.
Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ammo futbolchining ijara asosida ketishi endi ko‘rib chiqilmaydi. Istanbul klubi yaqin vaqtda yangi taklif yuborishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, “Fenerbahche” 27 yoshli portugaliyalik futbolchiga bonuslar bilan birga yiliga qariyb 12 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Leauning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist