locale OZ

«Milan» qishki transferlar vaqtida Natan Akeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

«Rossonerilar» niderlandiyalik himoyachiga muntazam oʻyin amaliyoti taklif qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» qishki transferlar vaqtida Natan Akeni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Natan Ake faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu borada futbolchiga «Milan» qiziqish bildirgan, deya xabar beradi Corriere Dello Sport.

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik Ake qishki transfer oynasida «Milan»ning ustuvor maqsadiga aylangan. Italiya klubi futbolchiga muntazam o‘yin amaliyotini taklif qilmoqda, shunda u 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqiriq olish imkoniyatini oshiradi.

Ake «Siti» safiga 2020 yil yozida qo‘shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushgan, ammo samarali harakatlar qayd etilmagan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali bozor qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting