“Milan” Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Gonsalu Inasiuni transfer qilishi mumkin
“Milan” “Sporting” markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiuni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, “rossoneri” 24 yoshli portugaliyalik futbolchiga yana qiziqish bildira boshlagan.
Italiya klubi Inasiu transferini ilk bor iyun oyidayoq ko‘rib chiqqan edi. Endilikda “Milan” himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida ushbu variantga qaytishi mumkin. Hozircha “Sporting”ga rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Inasiu o‘tgan mavsum “Sporting” safida barcha musobaqalarda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Gonsalu Inasiuning “Sporting” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.