«Milan» Paredes uchun taklif yubordi
Argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredesga “Milan” qiziqish bildirmoqda. Italiyaliklar argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun uning klubi “Boka Xuniors”ga rasmiy taklif ham yuborgan. Bu haqda ESPN jurnalisti Martin Arevalo xabar berdi.
“Milan” yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq transfer amalga oshishi uchun avval Paredesning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olish talab etiladi.
Shuningdek, “rossoneri” tarkibni qisqartirishi kerak. Manbaga ko‘ra, Paredesning transferi faqat “Milan”ning hozirgi bir nechta yarim himoyachilari sotilganidan keyin amalga oshishi mumkin.
32 yoshli Paredes “Boka Xuniors”ga qaytganidan so‘ng jamoa safida 42 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bu bahslarda argentinalik futbolchi 4 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.