\"Milan\" Moise Kingga taklif tayyorlamoqda
King "Yuventus"da Allegri bilan birga ishlagan.
Photo: Getty Images
“Milan” klubi hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida bir nechta futbolchilarni kuzatmoqda.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, "rossonerilar" bosh murabbiyi "Yuventus"da muvaffaqiyatli hamkorlik qilgan "Fiorentina" forvardi Moise King bilan yana birga ishlash istagini bildirgan.
Avvalroq Dushan Vlahovich nomzodi ham ilgari surilgandi.
25 yoshli King A Seriyada ajoyib mavsum o'tkazdi va 32 o'yinda 19 ta gol urib, turnir to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi. Uning o'yini e'tibordan chetda qolmadi - endi "rossonerilar" uni yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsad sifatida ko'rishmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist