«Milan» Modrichning kelajagi borasida qaror qabul qildi
Xorvatiyalik futbolchi oʻtgan yozda «rossonerilar» safiga qoʻshilgandi.
FOTO: Getty Images
Italiyaning «Milan» klubi yozda jamoaga kelib qoʻshilgan 40 yoshli yarimhimoyachi Luka Modrich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda La Gazzette dello Sport nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, xorvatiyalik futbolchi klubdagilarni oʻz oʻyini bilan shu qadar hayratda qoldirganki, rahbariyat hamkorlikni davom ettirishni toʻgʻri qaror deb hisoblamoqda.
Eslatib oʻtamiz, Modrich 2025 yilning yozida «Real»ni tark etib, erkin agent sifatida «Milan» safiga qoʻshildi. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, Modrich joriy mavsum barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist