locale OZ

Milan Mitrovich «So’g’diyona» bilan xayrlashdi

U yetti yil davomida Jizzax klubida o'ynagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milan Mitrovich «So’g’diyona» bilan xayrlashdi
Фото: Сўғдиёна ПФК

Jizzaxliklar qalbida alohida o‘rin egallagan legioner darvozabonimiz Milan Mitrovich «So’g’diyona» bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmarti xabar berdi.

“So‘nggi yetti yarim yil davomida u darvozamiz mustahkamligi uchun barqaror o‘yin ko‘rsatib keldi. 2021-yilgi Superliga mavsumida jamoamiz kumush medalni qo‘lga kiritishida, OFK kubogidagi muvaffaqiyatli ishtirokimizda va bir qator muhim uchrashuvlarda Milan o‘z hissasini qo‘shdi. Uning mehnati, fidoyiligi va professionalligi uchun jamoamiz hamda muxlislarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi xabarda.

Milan Mitrovich Superligada 147 ta o‘yin, jami 13 189 daqiqa maydonda harakat qildi. O‘zbekiston kubogida 15 ta o‘yin. OFK kubogida 6 ta o‘yin, jamoa bilan birga yarim finalgacha yetib borgan

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting