locale OZ

«Milan» Menyanga shartnomani uzaytirish boʻyicha foydali taklif yubordi

«Rossonerilar» darvozabonga yiliga 5 million yevro maosh berishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Menyanga shartnomani uzaytirish boʻyicha foydali taklif yubordi
FOTO: Getty Images

«Milan» klubi o‘z darvozaboni Mikki Menyanga shartnomani uzaytirish bo‘yicha saxiy taklif kiritdi. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Milan» Menyanni jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga — Rafael Leau bilan teng darajaga olib chiqishga tayyor. Italiya klubi fransiyalik posbonga klubdagi maosh limiti doirasida maksimal maosh, ya’ni yiliga 5 million yevro taklif qilmoqda. Shuningdek, Menyanga sezilarli bonuslar ham va’da qilinmoqda.

Hozircha muzokaralar yakuniy bosqichga yetib bormagan. Shunga qaramay, «Milan» rahbariyati juda optimistik kayfiyatda — ular hozircha boshqa biror klub bu taklifni yaxshilay oladi, deb hisoblamayapti. Menyan yaqin vaqt ichida «Milan»ning taklifiga javob berishi kerak.

Mikki Menyanning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransiyalik darvozabon «Milan» safida 18 o‘yinda maydonga tushib, ularning 8 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portali Menyanning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholaydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting