locale OZ

\"Milan\" Menyan uchun qancha so‘ragani ma'lum

U APLga yo‘l olishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" Menyan uchun qancha so‘ragani ma'lum
Photo: Getty Images

“Chelsi” klubi fransiyalik darvozabon Mayk Menyan uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.

Jurnalist Janluka Di Marzio xabariga ko‘ra, London klubi Menyan bo‘yicha “Milan” bilan bog‘langan va dastlabki muzokarani o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, milanliklar futbolchi uchun 30 million yevro talab qilgan. Maykning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda 29 yoshli posbon A Seriyada 37 o‘yinda maydonga tushdi va shulardan 13 uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting