«Milan» Menyan bilan muzokaralarni davom ettirmoqda
Fransiyalik posbon 2021 yildan beri "rossonerilar" safida o‘ynab kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Milan” klubi darvozabon Mike Menyan bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, klub rahbariyati bir necha oydan beri cho‘zilib kelayotgan muzokaralarga nuqta qo‘yishga va imzo chekishga juda yaqin turibdi.
Qayd etilishicha, Menyanning yangi bitimi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Shartnoma doirasida futbolchining maoshi yiliga 6 million yevro va bonuslardan iborat bo‘lishi, shuningdek kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirish opsiyasi ham kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mike Menyan 2021 yildan beri “Milan” safida to‘p surib keladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist