locale OZ

«Milan» Mayk Menyan bilan 2031 yilgacha shartnomani uzaytirmoqchi

Klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilardan biriga aylanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" Mayk Menyan bilan 2031 yilgacha shartnomani uzaytirmoqchi
ФОТО: Getty images

Fransuz darvozaboni Mayk Menyan o‘zining hozirgi jamoasi — "Milan" bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar bitimni 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallamoqda. Yangi kelishuvga asosan, Menyan "rossoneri"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylanadi — uning yillik maoshi 5,7 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda 30 yoshli posbon 16 uchrashuvda maydonga tushdi: 13 gol o‘tkazib yubordi va 8 bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting