locale OZ

«Milan» «Liverpul» himoyachisiga taklif yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» «Liverpul» himoyachisiga taklif yubordi
Фото: Getty Images

"Liverpul" markaziy himoyachisi Jo Gomes faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Milan" inglizning 28 yoshli futbolchisini sotib olish uchun rasmiy taklif yubordi.

O'z navbatida mersisaydliklar himoyachini qo'yib yuborishga tayyor, faqat "Kristal Pelas"dan Mark Guehini sotib olishi kerak. Gomes 2015 yilda "Liverpul" futbolchisiga aylangan.

Yangi mavsumda u Angliya Premer-ligasining atigi bir o'yinida maydonga tushdi va 18 daqiqa maydonda o'tkazdi. Gomesning Angliya chempioni bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting