locale OZ

“Milan” Leau transferi bo‘yicha “Galatasaroy”ga o‘z shartlarini qo‘ydi

“Rossonerilar” futbolchini faqat to‘liq transfer asosida qo‘yib yubormoqchi va uning uchun 50–60 million yevro talab qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Milan” Leau transferi bo‘yicha “Galatasaroy”ga o‘z shartlarini qo‘ydi
Foto: Getty Images

“Galatasaroy” “Milan” hujumchisi Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Portugaliyalik futbolchi Istanbul klubining asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi.

Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, “Milan” Leauni sotishga tayyor, biroq klub transfer bo‘yicha qat’iy shart qo‘ygan. “Rossonerilar” futbolchini faqat to‘liq transfer asosida qo‘yib yubormoqchi va uning uchun 50–60 million yevro talab qilmoqda.

Shuningdek, “Milan” Leauni keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga berish variantini muhokama qilishni istamayapti. Shu sabab “Galatasaroy” futbolchini qo‘lga kiritishni xohlasa, italiyaliklar talab qilayotgan transfer summasiga yaqin taklif bilan chiqishi kerak bo‘ladi.

Avvalroq “Milan” Rafael Leau uchun 35 million yevrolik taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Portugaliyalik futbolchi 2019-yildan buyon “Milan” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting