locale OZ

«Milan» Leau transfer narxini belgiladi

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Milan" Leau transfer narxini belgiladi
ФОТО: Getty images

"Milan" klubining portugaliyalik vingeri Rafael Leau yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Italiya klubi 26 yoshli hujumkor yarim himoyachining sotuvdan 50 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Rafael 2019 yilning avgust oyidan buyon "rossonerilar" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

A Seriyaning yakunlangan mavsumida Leau 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting