«Milan» «Latsio» himoyachisi uchun 20 mln yevro toʻlashga tayyor
«Latsio» markaziy himoyachisi Mario Hil jamoasini o‘zgartirishi mumkin. AS nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini Italiya grandi «Milan» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «rossonerilar» ispaniyalik himoyachi transferi uchun 20 million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, milanliklar Hilni yozgi transfer oynasida sotib olishni rejalashtirmoqda. O‘sha vaqtda futbolchining «Latsio» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qoladi.
Mario Hil 2022 yil yozida Madridning «Real» klubi akademiyasidan «Latsio»ga 6 million yevro evaziga o‘tgan edi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» himoyachining keyingi transferidan tushadigan mablag‘ning 50 foiziga ega. Shu tariqa, agar «Milan» va «Latsio» o‘rtasidagi kelishuv amalga oshsa, «Real» 10 million yevro daromad ko‘radi.