locale OZ

“Milan” Kristian Pulishichni sotishdan bosh tortdi

Unga MLS klubidan taklif tushgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Milan” Kristian Pulishichni sotishdan bosh tortdi
FOTO: Getty Images

“Milan” klubi amerikalik yarimhimoyachi Kristian Pulishichni “Nyu-York Siti”ga qo‘yib yuborishni istamadi.

Xabarlarga ko‘ra, MLS vakili Pulishichni AQSHga qaytarish uchun katta shartnoma taklif qilishga tayyor bo‘lgan. Biroq “Milan” rahbariyati futbolchini jamoaning muhim qismi deb hisoblamoqda va uning transferiga ruxsat bermagan.

Pulishich “rossonerilar” safida asosiy futbolchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Shu sababli Italiya klubi hozircha u bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapti.

“Nyu-York Siti” esa amerikalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib, uni klub loyihasining asosiy yulduzlaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan edi. Hozircha Kristian Pulishichning “Milan”dagi kelajagi o‘zgarishsiz qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting