locale OZ

«Milan» klubi rasmiy saytida «Vest Xem Yunayted» jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrugning ijara asosida jamoaga qo‘shilganini ma’lum qildi

"Italiyaning «Milan» klubi Niklas Fyullkrugning «Vest Xem Yunayted»dan sotib olish imkoniyati bilan ijara asosida klubga qo‘shilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» klubi rasmiy saytida «Vest Xem Yunayted» jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrugning ijara asosida jamoaga qo‘shilganini ma’lum qildi
photo: Google

«Milan» klubi rasmiy saytida «Vest Xem Yunayted» jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrugning ijara asosida jamoaga qo‘shilganini ma’lum qildi.

"Italiyaning «Milan» klubi Niklas Fyullkrugning «Vest Xem Yunayted»dan sotib olish imkoniyati bilan ijara asosida klubga qo‘shilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Niklas Fyullkrug 1993 yil 9 fevral kuni Germaniyaning Gannover shahrida tug‘ilgan. U «Verder» yoshlar akademiyasida tahsil olgan va professional faoliyatini Germaniyada boshlab, «Groyter Fyurt», «Nyurnberg» hamda «Gannover 96» jamoalari sharafini himoya qilgan. 2019 yilda esa «Verder»ga qaytgan.

2023 yil yozida u Dortmundning «Borussiya»siga o‘tdi va bir mavsumda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi. Ulardan uchtasi Chempionlar ligasida qayd etilgan bo‘lib, ushbu musobaqa finalida «Real»ga qarshi bahsda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan.

«Borussiya»dan keyin nemis hujumchisi Angliya Premer-ligasiga yo‘l oldi va «Vest Xem Yunayted» safiga qo‘shildi.

2022 yil noyabr oyida Fyullkrug ilk bor Germaniya milliy terma jamoasiga chaqirildi va Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ishtirok etgan terma tarkibiga kiritildi.

Niklas Fyullkrug «Milan» safida 9-raqamli futbolkada to‘p suradi", — deyiladi klub xabarida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting