«Milan» Jezusni sotib olmoqchi
Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Gabriel Jezusga “Milan” yana qiziqish bildirmoqda.
“Rossonerilar” avval ham braziliyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida tilga olingan, biroq ish jiddiy muzokaralargacha yetib bormagan edi.
Arsenal Radar xabariga ko‘ra, yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan Italiya klubi turli nomzodlar bo‘yicha ichki muhokamalardan so‘ng “kanonirlar” forvardini o‘z short-listiga kiritdi.
Gabriel Jezusning “Arsenal” bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi, uning transfer narxi esa, Transfermarkt talqiniga ko‘ra, 20 million yevroni tashkil etadi.
Aprel oyi boshida forvard 29 yoshga to‘ldi. “Milan” A Seriya turnir jadvalida 34 turdan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist