\"Milan\" Jaka bo‘yicha muzokaralarni boshladi
“Bayer” yarim himoyachisi Granit Jaka faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Florian Plettenberg.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli shveytsariyalik xavbek “Bayer”ni tark etish bo‘yicha bir qarorga kelgan. Unga bir nechta jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Milan” esa Jaka bo‘yicha muzokaralarni boshlab, transfer tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jaka 2023 yilning yozida "Arsenal"dan jamoaga kelib qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 12 million yevroni tashkil qiladi.