locale OZ

«Milan» iste’foga chiqarilgan Allegri va rahbarlarga 20 million yevrodan ortiq tovon puli to‘laydi

Qayd etilishicha, klub bu summani muzokaralar yoʻli bilan kamaytirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» iste’foga chiqarilgan Allegri va rahbarlarga 20 million yevrodan ortiq tovon puli to‘laydi
FOTO: Getty Images

«Milan» klubi jamoaning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri, shuningdek, sobiq bosh direktor Jorjo Furlani va sport direktori Igli Tarega jami 20 million yevrodan ortiq tovon puli to‘laydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Furlani 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasiga ko‘ra, bonuslarni hisobga olgan holda qariyb 10 million yevro ishlab topishi kerak edi. Shartnomasi 2027 yilgacha yetib borishi ko‘zda tutilgan Allegri 9 million yevro, Tare esa taxminan 3 million yevro olishi belgilangan edi.

Qayd etilishicha, ushbu summalar hali yakuniy emas va klub ishdan bo‘shatilgan mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali bu xarajatlarni kamaytirishga erishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Milan» klubi kelgusi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgani sababli Massimiliano Allegri, sport va bosh direktorlarini iste’foga chiqarganini e’lon qilgan edi.

Italiya chempionatining 38 ta uchrashuvidan so‘ng «Milan» 70 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting